Malayziya Sains Universiteti delegatsiyasi Oxus’da!

Kuni kecha Malayziyaning Sains universiteti rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Oxus universitetiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida har ikki muassasa vakillari akademik munozaralar olib borishdi va ikkita magistratura yo‘nalishi (Biznes tahlili va Professional menejment) bo‘yicha memorandum imzolash orqali hamkorlikni rasmiylashtirdilar.

Sains universiteti “QS global” reytingida dunyoning eng nufuzli universitetlari orasida 134 o’rinni egallagan va 55 yildan ortiq akademik mukammallikka ega bo’lgan delegatlar, qimmatli fikrlar va ilg’or tajribalar bilan o’rtoqlashdi.

Litsenziya raqami:  №153214

Roʻyxatdan oʻtish

Batafsil maʼlumot uchun

Loading